QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI URUG‘LARI YETISHTIRILISHI INSPEKSIYA NAZORATIDA
2026-02-27 17:15:00 / Yangiliklar

Ushbu maydonlarda urug‘chilik agrotexnik tadbirlari muddatlarida va sifatli bajarilishi Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan nazoratga olingan.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlanishicha, bugungi kunda urug‘lik g‘alla tuplash fazasida rivojlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Tumanda urug‘lik g‘alla maydonlarida sifatli urug‘lik don olish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Bugungi kunda barcha urug‘lik maydonlarda azotli mineral o‘g‘itlar (250 kg/ga) bilan bahorgi birinchi oziqlantirish ishlari yakunlangan bo‘lib, g‘alla maydonlarida qo‘shimcha oziqlantirish va bargidan suzpenziya usulida oziqlantirish ishlari jadal suratlarda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, urug‘lik maydonlarini sharbat usulida sug‘orish maqsadida har gektariga 5 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarilib, qo‘shimcha oziqlantirish yakunlangan maydonlar peshma pesh sug‘orilmoqda.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 9 ta fermer xo‘jaligining 118 gektar maydonlarida turli kamchiliklar aniqlanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbarlariga, tuman hokimining o‘rinbosariga hamda mas’ullarga:
▪️ 9 ta ogohlantirish,
▪️ 1 ta taqdimnoma,
▪️ 4 ta yozma ko‘rsatma berildi.
Urug‘lik g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, hamda normativ huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq urug‘lik don yetishtirilishi doimiy nazoratga olingan.
M. Azimov,
O‘zagroinspeksiyaning O‘zbekiston tuman bo‘limi bosh mutaxassisi




