Vazirlik xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali ko‘chat daraxtlarini o‘tkazishdi
2025-04-05 21:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 5-aprel kuni madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida vazirlik xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Madaniyat vazirligi uchun ajratilgan bog‘da 600 tup mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tkazishdi.
Ma’lumot uchun, ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 145-F-son farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
