Diqqat tanlov!
2025-03-03 10:30:00 / Yangiliklar
Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi hamda Madaniyat vazirligi askiya va qiziqchilik san’ati bilan shug‘ullanuvchi taniqli ijodkorlar va iste’dodli talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tarmoqlarda milliy askiya va qiziqchilik san’atini keng targ‘ib qilishga mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!
Tanlov materiallari audio va video shakllarda qabul qilinadi:
Yaratilgan ijod namunalari ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda joylashtirilib, eng ko‘p tomosha qilishlar hamda “yoqtirish”lar soni bilan aniqlanadi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
milliy kulgiga yo‘naltirilgan hajv va hazillar bo‘yicha audio va video kontentlar;
milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etuvchi parodiya va hajviy qo‘shiqlar;
aholini milliy ijtimoiy madaniy faollikka chorlovchi o‘zbek madaniyatining asl namunalarini targ‘ib etishga yo‘naltirilgan intermediya va inssenirovkalar;
milliy latifa va hangomalar, askiyachilik san’atini targ‘ib etishga qaratilgan hajviy sahna ko‘rinishlari.
Tanlovga materiallar quyidagicha qabul qilinadi:
audio asarlar - vew va mp3 shaklida (audio asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari aytiladi);
video asarlar - Mp4 hamda full HD shaklida (video asar boshidan “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining davlat buyurtmasi asosida tayyorlangan” so‘zlari va Madaniyat vazirligi logotipi ko‘rsatiladi).
Ijod namunalarini saralash ijodkorlarning hamda Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilib, eng ko‘p tomosha qilishlar hamda “yoqtirish”lar soni bilan aniqlanadi.
Eng keng ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlarini Madaniyat vazirligi hay’atining qarori bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martali pul mukofoti bilan taqdirlanadi va “Xush kayfiyat” respublika tanlovi hamda “Tabassum” xalqaro kulgi festivalining tantanali ochilish va yopilish marosimlariga ishtirokchi sifatida taklif etiladi.
Tanlov yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun: @askiyauz_bot
Tel: (+998 90) 406-00-63 manzillariga murojaat qiling!