R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi Turkiyada
2024-12-02 15:00:00 / Yangiliklar
#Xalqaro_hamkorlik
Kuni kecha Turkiyaning Istanbul shahrida Istanbul-Ataşehir Aydin Doğan Güzel Sanatlar Lisesi hamda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o'quvchi va o'qituvchilari ishtirokida "Ohanglar va ranglar birligi" nomli qo’shma konserti bo'lib o'tdi.
Ushbu konsertda yig'ilganlarni xushnud etish maqsadida, o'zbek, turk xalqlarining kuy qo'shiqlari hamda chet el kompozitorlarining asarlari ijro etildi.
Tabdirda Atashehir tuman hokimi Bekir Dinkirci, O'zbekiston Respublikasining Istanbuldagi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov, Atashehir tumani milliy ta'lim boshqarmasi rahbari Ismail Yildirim hamda martabali mehmonlar va musiqa ixlosmandlari ishtirok etdilar.
Yakunda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda R.Glier nomidagi RIMMaktabiga minnatdorchilik bildirilib, kelgusidagi ijodiy hamkorliklarga omad tilab qolindi.