“Men O‘zbekman” mavzusidagi tanlovning film va videoroliklari saralandi
2024-10-20 04:25:00 / Yangiliklar
Avvalroq "O‘zbekligim-o‘zligim" NNT va S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universitetining Toshkent filiali (VGIK) hamkorligidagi yangi loyihaga start berilgandi.
Tanlov tashkiliy qo’mitasiga “Men O‘zbekman” mavzusidagi quyidagi ijodiy ishlar saralab olindi:
1. “Qisqa metrajli film” yo’nalishi bo’yicha:
“Qatlnoma”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mo’minjon Ismatillo;
“Konduktor (Toshkentga yo‘l)”
Ssenariy muallifi va rejissyor Alisher Karimov;
2. “Hujjatli film” yo’nalishi bo’yicha:
“Men o‘zbekman. Nurxon Qurbonova”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mo’minjon Ismatillo;
“Певец из Бухары”
Produser Nikolay Shishkin;
3. “Ijtimoiy rolik” yo’nalishi bo’yicha:
“Sangardak”
Ssenariy muallifi va rejissyor Mirtemir Murodov;
“Xiva”
Ssenariy muallifi va rejissyor Abay Ataniyazov.
Eslatma:
Tanlov uchun arizalar 10-avgustdan 10-oktyabrgacha qabul qilindi!
Tanlov g'oliblari uchun qimmatbaho sovg’alar beriladi:
• 1-o‘rin uchun Asus Zenbook 14 OLED
• 2-o‘rin uchun planshet
• 3-o‘rin uchun smartfon
