Samarqandda "Rus teatrining chet eldagi missiyasi - bu to'rtta yurak" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi
2024-10-20 02:00:00 / Yangiliklar
Unda, Markaziy Osiyoning to‘rt respublikasi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan ishtirokchilar ishtirok etishdi.
Loyiha Markaziy Osiyoning to‘rt respublikasi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning GITIS o‘qituvchilari, rus drama teatrlari rejissyorlarini birlashtirdi. Shuning uchun loyiha "To'rtta yurak" nomini oldi - bu teatr jamoasining birligini ta'kidlaydigan ramziy nomdir.
To'rt kun davomida loyiha ishtirokchilari GITIS o'qituvchilari bilan treningdan o'tdilar va hamkasblari bilan fikr almashdilar. Samarqand viloyat rus drama teatri va Samarqand viloyat qo‘g‘irchoq teatrida loyiha ishtirokchilari uchun trening va madaniy dastur bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar teatri direktori, qirq yildan ortiq tajribaga ega inson Farhod Jo‘rayevning aytishicha, teatr menejmenti yo‘nalishidagi mazkur xalqaro anjumanda yangi bilimlarga ega bo‘ldi.
Konferensiya yakunida “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tadbir ishtirokchilariga malaka oshirish sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“To‘rtta yurak” nafaqat tajriba almashish maydoni, balki Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi teatr hamkorligini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir!
15—19-oktabr kunlari Samarqand shahri mezbonlik qilgan ushbu xalqaro konferensiya mehmonlarini munosib kutib olish va sharoit yaratishda viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Hayitov boshchiligidagi jamoa o'z tashabbuskorligi bilan munosib ishtirok etdi.