#Sharq_taronalari_2024
2024-07-30 12:25:00 / Tanlovlar va tenderlar

Diqqat, diqqat! Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!
25-30-avgust kunlari Samarqandda "Sharq taronalari" XIII Xalqaro musiqa san'ati festivali bo'lib o'tishi haqida xabar berilgan edi.
Festival doirasida 27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, musiqashunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqiy oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchi-doktorant va magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyaning mavzu yo'nalishlari:
1. Sharq xalqlari mumtoz musiqa ijodiyotida umummilliy an'analarning mushtaraklik jihatlari;
2. Musiqa ijrochiligining zamonaviy jarayonlarida ijodiy uyg'unlashuv tamoyillari;
3. Sharq xalqlari musiqa madaniyatining globallashuv jarayonlari yoshlar nigohida.
Konferensiyaning ishchi tillari – o‘zbek, rus va ingliz.
Konferensiyada ishtirok etish uchun ariza va maqolalar 2024-yil 10-avgustga qadar sharqtaronalari2024@uzmmsi.uz elektron manziliga ariza, 300 so‘zdan iborat tezis va ilmiy maqolalarni yuborishlari kerak.
Konferensiyaning axborot xati: O'zbek tilida , rus tilida , ingliz tilida .
