“Bitiruvchi-2024” tadbiri tashkil etildi
2024-07-28 10:05:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi-2024” tadbiri tashkil etildi. Unda, institut bitiruvchilariga bakalavr diplomlari tantanali topshirildi.
Diplom topshirish marosimida O’zbekiston xalq artisti, professor, Farrux Zokirov ham ishtirok etdi.
Tadbir so’nggida institut bitiruvchilari o’z ijodiy chiqishlari bilan tadbirga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladilar.




