“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” haqida PRESS-RELIZ
2024-06-30 21:00:00 / Press-relizlar
27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
27–iyun kuni II Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimi tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashdi. Shuningdek, xorijiy mehmonlar: YUNESKO Bosh anjumani raisi M.Mikulesku, AYSESKO (Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom) tashkiloti bosh direktori, doktor Salom Bin Muhammad Al Malik, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi S.Rayev, Turkiy madaniyat va meros fondi Prezidenti A.Raimkulova, Turkiy Parlament Assambleyasi raisi Mehmet Sureyya Er, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi o‘rinbosari N.Seytimov, Xalqaro folklor tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Hyung Suk, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Sharifzoda, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri A.Karimli, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri M.N.Ersoy, Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari N.Shirimov, Qirg‘iz Respublikasi madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosari T.Ajimaliyev hamda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diplomatik korpus vakillari – elchi, konsul, maslahatchilar ishtirok etdi.
28-29-iyun kunlari O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilgan “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov hamda Turkiy Parlament Assambleyasi raisi Mehmet Sureyya Er Janoblari hamda 30 dan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod olimlar ishtirok etdi.
Shu bilan birga YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida 28-29-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida Xalqaro tanlov o‘tkazildi. Unda, jahonning 16 ta davlatlaridan (Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Xitoy, Marokash, Turkmaniston, Iordaniya, Yaponiya, Tojikiston, Eron, Tunis, Hindiston, Misr, Indoneziya, Turkiya, Qatar, O‘zbekiston) 95 nafar maqom ijrochilari ishtirok etishdi.
Xalqaro tanlov ishtirokchilarini quyidagi xalqaro hay’at a’zolari baholab bordi:
Tojikiston Respublikasi - Abduvali Abdurashidov
Ozarbayjon Respublikasi - Kerimi Siyavush Ashraf og‘lu
Misr arab Respublikasi - Ashraf Abdelrahman
AQSH - Mohsen Mohammadi
Hindiston - Ali Fateh
Turkiya - Feyzioglu Nesrin
O‘zbekiston Respublikasi - Isroiljon Vahobov.
30-iyun kuni II Xalqaro maqom san’ati anjumanining taqdirlash marosimi va tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevlar taqdirlashdi.
II Xalqaro maqom anjumani g‘olib va sovrindorlari
“Eng yaxshi maqom xonandasi” nominatsiyasi - O‘zbekiston
Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli xonandalari:
Ismoilova Adolat
Nafisa Farmonova
“Eng yaxshi maqom sozandasi” nominatsiyasi - O‘zbekiston
Y. Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy maqom san’ati instituti talabalari
Yoriyev Shoxjaxon
Xaydarova Mehribon
“Eng yaxshi maqom ustozi” nominatsiyasi - Misr
Omer Hamdi
“Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi” nominatsiyasi - O‘zbekiston
Y. Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy maqom san’ati instituti prorektori
Aziz Zokirov
“Eng yaxshi yosh maqomchi” nominatsiyasi - O‘zbekiston
Farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktabi internati
“Eng yaxshi maqom bastakori” nominatsiyasi - Qirg‘iziston
Z.M.Bobur nomidagi Osh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatri ansambl rahbari Dilshod Azimov
YUNESKO nomidan sovg‘a
Qatar - Qatar Davlati Madaniyat vazirligining Musiqa markazi ansambli
O‘zbekiston - Urganch ixtisoslashtirilgan maqom maktab internati “Feruz” ansambli
ISESCO nomidan sovg‘a
Tunis - “Ma’luf” ansambli
O‘zbekiston - Maqom markazi Marg‘ilon maqom teatri maqom ansambli
TURKSOY nomidan sovg‘a –
Ozarbayjon - “Vatan” mug‘om jamoasi
3-o‘rin (ansambl jamoasi) - Xitoy
“Shinjon” badiiy teatri
“Maqom” badiiy truppasi
3-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Hindiston
Ali Amjad Xon
2-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston
Maqom markazi Jizzax hududiy bo‘lim maqom ansambli
2-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Turkiya
Chidem Gurdal
1-o‘rin (ansambl jamoasi) - O‘zbekiston
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Yunus Rajabiy nomidagi makom xonandalari ansambli
1-o‘rin (yakkaxon ijrochi) - Tojikiston
Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti
Xurshid Iroximzoda
GRAN-PRI - Eron
“Fors” ansambli solisti
Ali Asg‘ar Arabshohiy
So‘ng, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. (II XALQARO MAQOM SAN’ATI ANJUMANINING TAQDIRLASH MAROSIMIGA BAGʻISHLANGAN KONSERT DASTURI (gov.uz))
II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuyetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
“Gran-Pri”- 15 000 AQSH dollari;
1-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
-yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 10 000 AQSH dollari,
-ansambl jamoasi uchun – 10 000 AQSH dollari
2-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
-yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 7 000 AQSH dollari,
-ansambl jamoasi uchun – 7 000 AQSH dollari
3-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
-yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 5 000 AQSH dollari,
-ansambl jamoasi uchun – 5 000 AQSH dollari
(G‘oliblar ro‘yxati qo‘shimcha ilova qilinadi)
Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlandi. Shu bilan birga anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom san’ati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida” PQ-3656-son qaroriga asosan Jizzax viloyatining Zomin tumanida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasidagi Xalqaro tanlov tashkil etilgan.
Maqom san’ati, o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin egallaydi. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan “Shashmaqom” YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig‘idir.