#Anons
2024-05-21 12:50:00 / Yangiliklar
23-may kuni soat 15:00da O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida VGIK (Butun Rossiya kinematografiya Davlat universiteti)ning Toshkent shahri filiali rektori Eldor Yo‘ldoshev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida afsonaviy VGIKning Toshkent shahridagi birinchi va yagona xorijiy filiali haqida gap boradi.
VGIK dunyodagi birinchi kino maktabdir, The Hollywood Reporter nashriga ko‘ra VGIK dunyodagi eng yaxshi kino maktablarining TOP 10 taligiga kiritilgan.
Uchrashuv davomida ushbu universitetga o‘qishga kirish tartibi haqida batafsil izoh beriladi.
Yana bir yangilik - yangi 2024/2025-o‘quv yilida Ali Hamroyev, Javohir Zokirov, Matluba Alimova kabi ustoz ijodkorlar tomonidan filialda ijodiy ustaxonalar ish boshlashi ko‘zda tutilgan.