Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi
2024-12-11 20:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Onlayn shaklda tashkil etilgan muhokamalarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, vazirlik huzuridagi oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda mintaqaviy va tarmoq markazlari vakillari, shuningdek, 10 dan ortiq xalqaro hamkor tashkilotlarning 30 nafardan ortiq mutaxassislari ishtirok etdilar.
Dastlab oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori professor U.Begimqulov so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilarini tayyorlangan takliflar bilan tanishtirdi. Bundan tashqari, loyiha bo‘yicha xorijlik mutaxassislarning fikr va mulohazalari tinglandi.
Jumladan, doktor Munir Ahmad (Hindiston), professor Edvardas Juchnevicius (Polsha), doktor Abdusalomov Baxtiyor Abdusamadovich (Germaniya), dotsent Masherina Irina Olegovna (Rossiya), Gulnoz Duysekovna (Qozog‘iston) va boshqalar so‘zga chiqib tayyorlangan takliflarning o‘rinliligini hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishlari, o‘z ustida doimiy ishlashlari hamda ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish kurslari ahamiyatli ekanligini ta’kidladilar.
Muhokama yakunida kelgusida hamkor xorijiy tashkilotlar bilan qo‘shma malaka oshirish kurslarini tashkil etish rejalarini ham ko‘rib chiqishga kelishib olindi.


