HURMATLI OTA-ONALAR!
2026-11-26 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Nonuşta qilmagan bola darsda tez çarçaydi!
Ertalabki nonuşta bola miyasiga kun böyi kerak böladigan energiyani beradi. Xalqaro tadqiqotlarga köra, AQŞda muntazam nonuşta qiladigan öquvçilar orasida a’loçilar 42 foiz köpligi aniqlangan. Şuning uçun bolani maktabga nonuştasiz yubormang. Şirinlik va gazli içimlik örniga meva va suv bering.
Tez çarçaydigan bola dangasa emas, kamqon bölişi mumkin!
Kamqonlikka köpinça temir tanqisligi va içak parazitlari (gijja) sabab böladi. Temir preparati olgan bolalarning intellekt körsatkiçi sezilarli oşadi. Bola tez çarçasa, qon tahlilini topşiring. Dasturxonda göşt va dukkakli mahsulotlar bölişiga e’tibor bering, bolani ovqatdan oldin qöl yuvişga örgating.
Yodlangan tuz bolaning aqliy rivojlanişi uçun zarur!
Yod yetişmasligi qalqonsimon bez faoliyatini buzadi. Natijada bolaning aqliy rivojlanişi sustlaşadi, yod tanqisligi bölgan bolalarda IQ darajasi 25 ballgaça pasayişi kuzatiladi. Şu sababli uyda faqat yodlangan tuz işlating. Xarid qilayotganda qadoğida "yodlangan" degan yozuv borligini tekşiring.
Soğlom ovqatlanişni taşkil etişda quyidagilarga e’tibor bering:
➖bolaning ratsionida meva, sabzavot, göşt, baliq, sut mahsulotlari va don mahsulotlari yetarli bölişi;
➖ovqatlar yangi, toza va gigiyena talablariga rioya qilingan holda tayyorlanişi;
➖ovqatlaniş vaqtining muntazam bölişi (kuniga kamida 3–4 mahal);
➖şakar, tuz, yoğga boy mahsulotlar, çipsi, gazli içimlik va fast-fud iste’molini çeklaş;
➖bolaning toza içimlik suvi bilan ta’minlanişi.
Ota-onalar uçun muhim maslahat:
➖ Bolangiz bilan maktab yoki boğçadagi ovqatlaniş haqida suhbatlaşing, uning iştahasi va fikrini bilib turing.
➖ Uyda ham soğlom ovqatlaniş odatini şakllantiring, nonuştani taşlab ketmaslikka örgating.
➖ Bolaga özi bilan çipsi, şirinlik va gazli içimlik örniga meva, quritilgan meva yoki yonğoq berib yuboring.
