“Milliy qadriyatlar tarğibotçisi” respublika körik-tanlovi ğoliblari aniqlandi
2026-11-06 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tanlov davomida iştirokçilarning milliy qadriyatlar tarğibotiga oid taqdimotlari, davlat va jamiyat ramzlari hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga doir bilimlari, şuningdek, ijodiy yondaşuvi Hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Yakuniy natijalarga köra, tanlov ğoliblari:
🥇Allaniyazova Miyrixan Zaripbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti dekan örinbosari;
🥈Töxtanazarov Abduvahob Abdulatif öğli – Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği;
🥉Toirova Feruza Qobilovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi boşliği.
🎖Ğoliblar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 50, 40 va 30 barobari miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Final bosqiçining qolgan iştirokçilari esa BHMning 10 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan rağbatlantiriladi.
Tanlov yakunida barça finalçilarga vazirlikning faxriy yorliqlari, Hakamlar hay’ati a’zolariga esa taşakkurnomalar topşirildi.






