Vazir örinbosari Buxoro viloyatidagi qator ta’lim tashkilotlari faoliyatini örgandi
2026-11-03 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Dastlab Buxoro şahridagi 29-umumta’lim maktabida bölib, öquvçilarning qiziqiş va qobiliyatlarini rivojlantiriş hamda kelajak kasblarni tanlaşlariga kömaklaşiş maqsadida taşkil etilgan öquv-amaliyot xonalari faoliyatini közdan keçirdi.
Vazir örinbosariga maktabda joriy etilgan elektron davomat tizimining işlaş tartibi va imkoniyatlari namoyiş etildi. Bu kabi raqamli yeçimlar ta’lim jarayonini samarali boşqariş, davomat ustidan tizimli nazoratni yölga qöyişda muhim ahamiyatga ega.
Örganişlar davomida ta’lim-tarbiya jarayonlarining taşkil etilişi, öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar hamda maktabga jalb etilgan xorijlik öqituvçining faoliyati bilan ham tanişildi.
Vazir örinbosari Buxoro şahridagi 5-son davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida ham böldi. Muassasada tarbiyalanuvçilarning intellektual salohiyatini erta yoşdan rivojlantiriş, ularning xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini şakllantirişga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, bolajonlarga ingliz, fransuz va koreys tillari yoş xususiyatlariga mos ravişda, qiziqarli öyinlar, interaktiv maşğulotlar va muloqotga asoslangan yondaşuvlar orqali örgatib borilmoqda.
Örganiş jarayonida mazkur ta’limiy va tarbiyaviy maşğulotlarning taşkil etilişi, bolalarning faol iştiroki hamda yaratilgan şart-şaroitlar kuzatildi.
Şuningdek, tarbiyalanuvçilarning soğlom ovqatlanişi, ularning yoşi va fiziologik ehtiyojlariga mos, sifatli ovqatlanişni taşkil etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi.









