O‘zbekiston xalqaro robototexnika va muhandislik hamjamiyatidagi ishtirokini kengaytirmoqda
2026-10-17 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

➖ Xalqaro robototexnika assotsiatsiyalari alyansi (IARA) a’zoligi. Ofisning mazkur xalqaro alyansga a’zo bo‘lishi O‘zbekiston yoshlarining robototexnika va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
➖ Innovatsiyalar sohasida hamkorlik. Xitoyning Zhejiang Qingshanhu Sci-tech City Management Committee tashkiloti bilan innovatsiyalar va texnologiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bitim imzolandi.
➖Investitsiya va startaplar bo‘yicha muzokaralar. Tashrif davomida xitoylik investorlar bilan O‘zbekistonga investitsiyalar jalb etish, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma texnologik tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur kelishuvlar yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, xalqaro texnologik hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimizda startap ekotizimi va muhandislik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.









