I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi yakunlandi
2026-10-03 12:20:00 / Vazirlik yangiliklari

29-sentabr – 2-oktabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan forum doirasida xalqaro delegatsiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Olimpiya shaharchasi hamda boshqa qator maskanlarga tashrif buyurdi. Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ochilish marosimi, xalqaro uchrashuvlar va Samarqand shahriga tashrif tashkil etildi.
Forumning muhim natijalaridan biri sifatida O‘zbekiston va FISU o‘rtasida, shuningdek O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda FISU o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Memorandumlar talabalar sportini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Forum Markaziy Osiyoda talabalar sportini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim xalqaro muloqot maydoniga aylandi.
