O‘zbekiston oliygohlari Qohiradagi “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
2026-07-28 14:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 28–30-iyul kunlari Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida o‘tkazilayotgan “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida “Study in Uzbekistan” loyihasi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘z ta’lim dasturlari, ilmiy salohiyati va xalqaro imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Mazkur ishtirok O‘zbekiston ta’lim brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, xorijiy hamkorlikni kengaytirish va iqtidorli yoshlarni mamlakatimiz oliygohlariga jalb etishga xizmat qiladi.






