Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-27 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari institut rektori T.Z. Sultanov hamrohligida oliy taʼlim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, taʼlim sifati va ilmiy infratuzilmani mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, institutning zamonaviy oʻquv laboratoriyalari, ilmiy-amaliy markazlari va oʻquv-tajriba xoʻjaligi faoliyati koʻzdan kechirildi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni samarali tashkil etish, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida qishloq xoʻjaligi sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish, zamonaviy innovatsion yechimlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish hamda taʼlim, ilm-fan va amaliyot oʻrtasidagi uzviy hamkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifalardan ekani taʼkidlandi.
Tashrif yakunida institutning ilmiy-innovatsion salohiyatini yanada yuksaltirish, mavjud ilmiy infratuzilmadan samarali foydalanish, taʼlim jarayoniga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish hamda qishloq xoʻjaligi tarmogʻi ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.





