Vazir “Orol bolalari” oromgohida bo‘ldi
2026-07-25 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida joylashgan “Orol bolalari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.

Tashrif davomida vazir oromgoh hududida yaratilgan sharoitlar, bolalarning dam olishi va mazmunli hordiq chiqarishini tashkil etish, xavfsizlik, ovqatlanish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi bilan tanishdi. Shuningdek, oromgohda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Qo‘ng‘irotboy Sharipov bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning taassurotlari va takliflariga quloq tutdi. U yoshlarning yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishi, bilim va iqtidorini rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.





