Namangan — gullar va qadriyatlar maskani
2026-07-02 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Namangan — go‘zal tabiati, boy madaniy merosi va samimiy mehmondo‘stligi bilan ajralib turadigan diyor. Bahor va yoz fasllarida shahar ko‘chalari rang-barang gullarga burkanib, betakror manzaralar yaratadi. Sharqona ruhdagi bozorlari esa milliy qadriyatlar va an’analarni o‘zida mujassam etadi.

Namanganga tashrif buyurganingizda quyidagi maskanlarni albatta ko‘ring: (video)
🔹 Mavlon Buva majmuasi;
🔹 Chust pichoqchilik maktabi va milliy hunarmandchiligi;
🔹 Pop tog‘lari va so‘lim tabiat manzaralari.
Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazing, yurtimizning betakror go‘shalarini kashf eting va O‘zbekistonning boy tarixiy hamda madaniy merosi bilan yaqindan tanishing.
