“Talaba Expo–2026” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-07-02 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov hamda Oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farxod Axrorov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash, startap va biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida namunali faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim tashkilotlari vakillariga hamda dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borgan talabalarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, eng yaxshi deb topilgan startap loyihalar moliyalashtirishga tavsiya etildi.









