"Public Research Institutes Modernization (PRIM)" tanlov grant dasturi ishga tushirildi
2024-08-01 15:40:00 / Vazirlik yangiliklari
PRIM dasturi maqsadi – ilmiy tashkilotlar salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) sektorini, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini institutsional rivojlantirish.
PRIM dasturi doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:
1-komponent: Ilmiy infratuzilmani takomillashtirish
2-komponent: Kadrlar salohiyatini oshirish
3-komponent: Strategik rejalashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish
4-komponent: Bilimlarni o‘rganish va almashish tadbirlarini tashkil etish
5-komponent: Ilm-fan va biznes sohalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish
6-komponent: Targ‘ibot ishlari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish
PRIM dasturining asosiy shartlari:
Grant summasi – 1 ta davlat ilmiy tashkiloti uchun $200 000 gacha;
Loyiha muddati va geografiyasi – O‘zbekiston Respublikasi hududida 12 oygacha;
Grant oluvchi – davlat ilmiy tashkiloti;
Loyiha jamoasida xalqaro tajribaga ega maslahatchi (konsultant) bo‘lishi shart;
Ariza topshirish oxirgi muddati – 20.09.2024 y.
Barcha arizalar onlayn platformasi orqali qabul qilinadi.