Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol 3x3 bo‘yicha respublika final bosqichi bahslari boshlandi
2026-06-08 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Maydonga respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng kuchli talaba-jamoalar chiqdi. Ikki kun davom etadigan musobaqalarda 16 ta erkaklar va 16 ta ayollar jamoasi final yo‘llanmalari hamda medallar uchun kurash olib boradi.
Uchrashuvlar ikkita zamonaviy plastik kortda tashkil etilgan bo‘lib, jamoalar to‘rt guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. Har bir o‘yin pley-off bosqichiga chiqish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan iste’dodli talaba-sportchilarni bir maydonda jamlab, ularning mahorati, g‘alabaga bo‘lgan intilishi va jamoaviy ruhini namoyish etish uchun yana bir yorqin imkoniyat yaratmoqda.
O‘yinlar taqvimi, jamoalar tarkibi va uchrashuvlar natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:








