Taʼlim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirish boʻyicha yangi kelishuvlarga erishildi
2026-06-06 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda metallurgiya sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalarni amaliy ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ilgari surildi. Shuningdek, yoshlarning metallurgiya va muhandislik yoʻnalishlariga qiziqishini oshirish, ularni istiqbolli kasblarga yoʻnaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari yuzasidan kelishuvlarga erishib, yosh mutaxassislar uchun amaliyot va bandlik imkoniyatlarini kengaytirish, boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda taʼlim va sanoat integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.






