Orolga safar: yoshlar ma’rifiy sayohatga yoʻl oldi
2026-05-21 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2026-yil 20-may kuni “Orol dengiziga poyezd” yoshlar aksiyasi ishtirokchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yoʻl oldilar.

Sayohat dasturidan yoshlarni Orolboʻyi hududining turizm salohiyati, tarixiy-madaniy merosi hamda Orol dengizi ekologik muammolari bilan tanishtirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy, ekologik va turistik tadbirlar joy olgan.
Aksiya doirasida Nukus, Kegeyli, Qoraoʻzak, Chimboy va Moʻynoq tumanlari, “Chilpiq” tarixiy yodgorligi, “Dovut ota” ziyoratgohi, Moʻynoqdagi kemalar qabristoni hamda I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi kabi maskanlarga sayohatlar tashkil etildi.
Shuningdek, ekofaol yoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ekologik aksiya, yosh rassomlar tanlovi va gala-konsertlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Mazkur aksiya “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ichki va ekologik turizmni rivojlantirish, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda hududlarning turizm salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan ustuvor vazifalari doirasida amalga oshirildi.






