Jahon taʼlim forumi-2026: Oʻzbekiston va Gruziya hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-05-20 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Muzokaralarda Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida oliy taʼlim, fan, innovatsiyalar hamda yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, oʻzaro hurmat va konstruktiv hamkorlik taʼlim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladilar.
S. Rajabov Oʻzbekistonda oliy taʼlim, ilm-fan va kasbiy taʼlim sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida toʻxtalib, mamlakatimiz uchun Gruziya muhim va istiqbolli hamkorlardan biri ekanini taʼkidladi. Qayd etilganidek, har ikki davlat taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, universitet boshqaruvini takomillashtirish, sifat nazorati va raqamli yechimlarni rivojlantirish borasida oʻxshash maqsadlarga ega.
Muzokaralar chogʻida universitetlararo aloqalarni faollashtirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qoʻshma taʼlim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professional taʼlim hamda yoshlar yoʻnalishidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.



