Vazir Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilgan Navroʻz saylida ishtirok etdi
2026-04-04 18:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Bayram tadbirida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mutasaddilari, milliy madaniy markazlar faollari, universitet professor-oʻqituvchilari hamda minglab talaba-yoshlar jam boʻlishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan vazir Q.Sharipov barchani yasharish va yangilanish ayyomi – Navroʻz bilan samimiy qutladi. Oʻz soʻzida ustozlarga mustahkam sogʻliq, ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar, talaba-yoshlarga esa oʻqishda va kelajakdagi maqsadlarida doimo baland choʻqqilarni zabt etishlarini tiladi.
Tadbir davomida mehmonlar talabalar tomonidan tayyorlangan milliy urf-odatlar koʻrgazmalari, bahoriy taomlar tortilgan dasturxonlar hamda yoshlarning ijodiy namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Turli millat va elatlarning oʻziga xos madaniyatini aks ettirgan kuy-qoʻshiqlar bayramga chinakam bahoriy kayfiyat bagʻishladi.
Shuningdek, sayil doirasida milliy sport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarning gʻolib va sovrindorlariga esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.









