“Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalari
2026-03-27 20:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Namangan viloyatida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqalari doirasida o‘tkazilgan basketbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Respublika final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda hududlardan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalarining o‘quvchi-yoshlar yuqori saviyada o‘yin namoyish etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – Toshkent shahri;
2-o‘rin – Buxoro viloyati;
3-o‘rin – Jizzax viloyati.
G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, taqdirlash marosimida g‘olib jamoalar viloyat kasbiy taʼlim boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘asi va tashkilotchilar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar. Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari O. Bazarov ishtirok etdi.








