Yaponiya universitetlari bilan doktorantlar uchun qisqa muddatli stajirovka dasturlari faollashtiriladi
2024-06-12 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuv davomida “Barqaror rivojlanish uchun fan va texnologiyalar sohasida tadqiqot hamkorligi (Science and Technology Research Partnership for Sustainable Development – SATREPS)” texnik yordam dasturi doirasida “Orolboʻyida shoʻrlanishga qarshi kurashish, yer unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun suv resurslaridan foydalanish monitoringi va nazoratining yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasining Oʻzbekistonda amalga oshirilishi holati, kelgusidagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi.
Yaponiya tomonidan mazkur loyiha doirasida har yili doktorantlar uchun qisqa muddatli stajirovka dasturlarini faollashtirish, loyiha doirasida 2024-yil oktyabr oyida rejalashtirilayotgan Qoʻshma boshqaruv qoʻmita yigʻilishini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida tashkil etish hamda “InnoWeek” tadbirida ishtirok etishga qiziqish bildirildi.