Samarqand viloyatida dual taʼlimga bagʻishlangan forum boʻlib oʻtdi
2024-05-31 22:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 31-may kuni Samarqand shahrida “Dual taʼlimni tashkil etishning afzalliklari” mavzusi”da forum oʻtkazildi.

Forumda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Feruz Abilov, Oliy taʼlim, fan innovatsiyalar vazirligining Professional taʼlim tizimini rivojlantirish departamenti boshligʻi Oʻtkir Alijonov, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktori Murodulla Xolmuxamedov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihasi eksperti Kurt Jerard qatnashdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiya vazirligining hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, 100 dan oriq ish beruvchi korxona va tashkilotlar, 70 nafarga yaqin hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari hamda viloyatdagi professional taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Forum yakunida 55 ta professional taʼlim muassasalari bilan 90 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari oʻrtasida dual taʼlim boʻyicha hamkorlik shartnomalari imzolanadi.
Maʼlumot uchun, Samarqand viloyatdagi 25 ta professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda 26 ta kasb buyicha 2284 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda.





