O‘zbekiston Markaziy Osiyo stomatologik xabiga aylanmoqda
2024-05-07 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda 21 davlatdan 100 dan ortiq innovatsion brendlar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotlar davomida mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar tomonidan B2B uchrashuvlar, ommabop materiallarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish istiqbollari, 3D va sun’iy intellekt texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Stomatologiya fakulteti talabalari uchun "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro olimpiadasi o‘tkazilib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston O'zbekiston tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan 100 ga yaqin talaba 6 yo‘nalishda bellashdi.
Shu bilan bir qatorda, yosh olimlar va talabalar uchun "Raqamli stomatologiya" ilmiy-amaliy forumi ham uyushtirildi.
Forumda Shveysariya, Italiya, Turkiya, Rossiya, Slovakiya, Xorvatiya kabi davlatlardan kelgan 30 dan ortiq hamkorlar sohani raqamlashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, yangi davolash va tashxislash usullarini tatbiq etish bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.






