Xalqaro hamkorlik
2024-05-01 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Xorij tomonidan Yaponiyadagi Sojitz korporatsiyasi energiya yechimlari va sog‘liqni saqlash bo‘limi menejeri yordamchisi Djem Ozoguz, “Rönesans Avrasya İnşaat Ticaret A.Ş.” kompaniya boshqaruv raisi Volkan Xatinoglu hamda “Rönesans Sağlık Yatırım” bosh direktor o‘rinbosari Murad Bekchanovlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat xususiy-sheriklik (DXSh) loyihalariga o‘z qiziqishlarini bildirib, o‘zlarini bu boradagi tajribalarini taqdimot qildi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo etish yuzasidan istiqboldagi loyihalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilindi.



