audio

    7+
    29-aprel kuni O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumining seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Belarus Respublikasi poytaxtida akademik M.S. Visotskiy nomli Minsk  davlat avtomexanika kollejida bo‘lib o‘tgan Forumning seksiya  yig‘ilishida  yurtimizning turli hududlaridagi 14 ta professional ta’lim muassasalarining direktorlari hamda uoarning Belarusdagi hamkorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti vakillari, Belarus Respuboikasi Professional ta’lim instituti mutasaddilari, ikki davlat vazirliklari  xodimlari qatnashdilar.

    Ishtirokchilar ta’lim muassasasi faoliyati, o‘quv laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar, shuningdek, o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashda xorijiy hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Seksiya yig‘ilishi davomida O‘zbekistonning 14 ta innovatsion tumanida Belarus tajribasi asosida elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energetika, qurilish va kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq ovqat texnologiyalari, mashinasozlik va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisliklari bo‘yicha yangi ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi

    • view_icon 242
    : 2024-05-01 09:14:49