“Mening bog’im” loyihalari boʻyicha ommaviy ovoz berish jarayonlarida ishtirok eting
2024-06-07 13:55:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bogʼim” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʼgʼrisida"gi nizomga asosan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Respublika byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʼlarning kamida 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “yashil bogʼ” va “yashil jamoat parklari” loyihalarini moliyalashtirishga yoʼnaltirilmoqda.
Joriy yilda ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami 52 milliard so‘m mablag‘lar ajratiladi. 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln soʼmdan kam boʼlmagan miqdorda taqsimlanadi.
Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi ishchi guruh va Ekologiya vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan joriy yil 20-iyundan 23- iyungacha kelib tushgan loyihalar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi va ovoz berishning navbatdagi bosqichiga o‘tkaziladi.
Fuqarolar 2024-yil 23-iyundan 3-iyulgacha “Ochiq byudjet ” portalidagi eng yaxshi loyihalar uchun ovoz berishlari mumkin.
Eng ko‘p ovoz to'plagan loyihalar manzilli ro‘yxati asosida moliyalashtiriladi.