audio

    0+
    Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi yuzasidan MA'LUMOT

    Respublikamizda havoning chang bilan ifloslanishi tabiiy (quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar) va antropogen (transport, sanoat, qurilish tashlamalari) omillarga koʻra ifloslanish bilan bogʻliq. Kuchsiz shamollar, harorat inversiyasi, atmosfera havosining turgʻunligi kabi sabablar atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi uchun sharoit yaratadi.

    Mamlakatimizning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli 
    va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar – chang miqdori yuqoridir. Bugungi kunda Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent shahrining havo sifatini baholash boʻyicha loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasidagi oʻrganishlar hamda dastlabki hisobotga asosan, Toshkent shahrida PM2.5-mayda dispers zarrachalarining shakllanishida tabiiy chang – 36 foiz, issiqlik taʼminoti – 24 foiz, transport vositalari – 16 foiz, sanoat korxonalari - 13 foizni tashkil etishi koʻrsatilgan.

    2024-yil 17-may soat 9.00 holatiga koʻra, https://www.iqair.com  saytida atmosfera havosidagi PM 2,5-mayda dispers zarrachalari miqdori 66 mkg/m³ ni tashkil etgan. Soʻnggi yillarda Toshkent shahridagi atmosfera havosining pastki qatlamida (100-150 metrgacha) harorat inversiyasi (havo haroratining balandlikka qarab ortib borishi) vujudga kelishi kuzatilmoqda. Harorat inversiyasi havoning vertikal harakatlariga toʻsqinlik qiladi, natijada mayda zarrachali PM 2,5-mayda dispers zarrachalari konsentratsiyasi oshib borishiga sabab boʻladi.

    Kuz-qish mavsumida issiqlik taʼminoti tizimida yoqilgʻi sifatida koʻmir va mazutdan foydalanish natijasida doimiy ravishda uzluksiz mayda zarrachali PM 2,5-mayda dispers zarrachalari konsentratsiyasi oshishi holati kuzatilgan edi. Bahor va yoz oylarida esa, asosan, havo issiq va quruq boʻlgan kunlarda, koʻp holatlarda mintaqaga choʻllanish va qurgʻoqchilik taʼsirida tabiiy chang kirib kelishi oqibatida ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi oshishi kuzatiladi.

    Bugungi kun holatida esa mazkur ifloslanish yogʻingarchilikdan keyin hosil boʻlgan kam miqdordagi tuman, shuningdek, konveksiya jarayoni, yaʼni nam havo oqimi kirib kelishidan oldingi havoning pastdan yuqoriga koʻtarilishi omili sabab yuz berayotganligini kuzatish mumkin.

    • view_icon 350
    : 2024-05-17 18:54:07