Startapingiz uchun investitsiya kerakmi?
2025-09-29 20:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar Ventures jamg‘armasi

Sizda g‘oya bor, lekin tayyor mahsulot yo‘q. Bu borada sizni eshitadigan va investitsiya kiritadigan Yoshlar Ventures jamg‘armasi bor.
Jamg‘arma hozirgacha 4 ta istiqbolli startapga jami 146 200 AQSh dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirdi.
- Inter Ai (Startup Garage rezidenti) — 38 000 $
- Hisobchi Ai — 37 500 $
- Educoin (Startup Garage rezidenti) — 20 700 $
- Tilmoch AI — tarjima va grammatika platformasi — 50 000 $
Shuningdek, Yoshlar Ventures va Most Ventures o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu kelishuv yoshlarning startap loyihalarini xalqaro bozorlarga olib chiqish va qo‘shimcha investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Hoziroq havolaga o‘ting Yoshlarventures.uz



