O‘quv markazi tashkil etmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun katta imkoniyat!
2025-09-12 17:00:00 / Yangiliklar

Jadid bobolarimiz merosini bugungi kun yoshlariga yetkazish, ularni ilm va ma’rifat yo‘lida qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Ko‘mak” loyihasi ishga tushirildi.
Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), ayniqsa olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun.
Ushbu imtiyozdan foydalangan yoshlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi.
Imtiyozdan foydalanish uchun so‘rovnomani to‘ldiring.
“Ko‘mak” loyihasi — bu yangi imkoniyat, shu bilan birga jadid bobolarimiz boshlab bergan ma’rifatparvarlik an’analarining zamonaviy davomidir.
“Yoshlarga ilm berish — millatni kelajakka yetaklash demakdir.” — Munavvarqori Abdurashidxonov
