8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni!
2025-01-08 09:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan sizlarni 8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Prokuratura organlari xodimlari – mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida o‘z bilim va jasoratini namoyon etayotgan fidoyilardir. Sizlarning huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdagi xizmatlaringiz alohida eʼtirofga loyiq.
Adolat va qonun ustuvorligi yo‘lida xizmatlaringiz barchamiz uchun faxr va g‘ururdir!
