Qadrli yoshlar! Sizlar uchun yana bir ajoyib imkoniyat!
2025-11-06 20:00:00 / Yangiliklar
Sun’iy intellekt sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun AI Boostcamp bepul o‘quv dasturi borligini bilarmidingiz?

Sun’iy intellekt sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun AI Boostcamp bepul o‘quv dasturi borligini bilarmidingiz?
Bu intensiv dastur yoshlarni AI mahsulotlarini yaratish, jamoada ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliy o‘rganish imkoniyati bilan tanishtiradi.
Sizni nimalar kutmoqda:
Sun’iy intellektning eng so‘nggi tendensiyalari asosida onlayn ta’lim, AI agentlar prototipini yaratish va Moskva shahrida o‘tkaziladigan finalda qatnashish.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi. So‘nggi muddat 10-noyabr!
