Barcha ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarga
2025-02-19 16:20:00 / Marketing Tadqiqotlari
1-ilovada sotib olish uchun zarur bo‘lgan tovarning ro‘yxati va miqdor ko‘rsatilgan.
2-ilovada sotib olish rejalashtirilgan tovarlarning texnik topshiriqlari ko‘rsatilgan.
3-ilovada narx va yetkazib berish shartlari ko‘rsatilgan holda tijorat taklifini taqdim etish shakli ko‘rsatilgan.
Mahsulotning dastlabki texnik malakasini o’tkazish va sotib olish byudjetini aniqlash uchun, sizdan tijorat taklifingizni texnik muvofiqlik uchun aloxida ustunni har birini aniq parametrlar bilan majburiy to’ldirib, tasdiqlovchi materiallar (sertifikatlar, mavjud registratsiya, ko’rsatmalar, kataloglar, broshyuralar va h.k) bilan birga, 2025-yil 26-fevralga soat 18:00 ga qadar info@ssvxm.uz elektron adresga yuborishingizni so’raymiz.
Sizdan taklif etilayotgan mahsulotning narxi, nomi va ishlab chiqaruvchi mamlakatning nomi, shuningdek yetkazib berish muddatlarini ko’rsatishingizni so’raymiz.
Ishlab chiqaruvchi bo’lmagan, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning vakolatli disrtibyutorlari, yakuniy savdolar vaqtida ishlab chiqaruvchidan ruxsatnoma (avtorizatsiya) yoki rasmiy kelishuv xatini taqdim etishlari shart.
Yetkazib berish shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – DDP, yani xaridorning Toshkent shahridagi omborigacha, xorijiy etkazib beruvchilar uchun - DAP-Toshkent.
To‘lov shartlari: mahalliy yetkazib beruvchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda, xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – 100% hujjatli qaytib olinmaydigan akkreditiv to’lov.
Ilova qilinadi:
