
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
«Xaridlar markazi» Davlat muassasasi
«Xaridlar markazi» Davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, Respublika sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun dori vositalar, tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni xarid qilishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida faoliyat yuritadi.
Muassasaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlar, muassasalar va korxonalar, shuningdek, aholining amaldagi qonunchilikka muvofiq dori vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davlat buyurtmasini amalga oshirish doirasida dori vositalari, tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni quyidagi manbalar hisobidan markazlashtirilgan tarzda xarid qilishni tashkil etiladi:
► byudjet mablag‘lari;
► davlat kredit liniyalari;
► normativ-huquqiy hujjatlar; belgilangan boshqa manbalardan.
Muassasa o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy hujjatlari, shuningdek, resurslardan maqsadli, samarali va ochiqlik tamoyillariga asoslanib amalga oshiradi.
