O‘zbekiston yoshlari “One Young World 2025” sammitida!
2025-11-05 20:00:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Germaniyaning Myunxen shahrida dunyodagi eng yirik yoshlar sammiti — “One Young World 2025” sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda Germaniyaning Myunxen shahrida dunyodagi eng yirik yoshlar sammiti — “One Young World 2025” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Talabalar Xalqaro Ittifoqi ijrochi direktori Asha Bukharbaeva ham ishtirok etmoqda.
Ochildish marosimi Myunxen Olimpiya stadionida o‘tkazilib, unda Iordaniya malikasi Raniya al-Abdullah va dunyoning yetakchi innovatorlari nutq so‘zladi.
Bu yilgi sammit asosiy e’tiborini aylanma iqtisodiyot, mas’uliyatli texnologiyalar, ta’lim, nafratga qarshi kurash hamda tinchlik va xavfsizlik masalalariga qaratgan.
Sammitda 190 dan ortiq mamlakat yoshlari ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston bayrog‘i ham faxr bilan ko‘tarilgan.



