Germaniyada ishlash va sayohat qilish imkoniyati!
2025-10-21 12:00:00 / Yangiliklar
Work and Travel dasturi doirasida

Yoshlar ishlari agentligi, Youth Globe XBA, Edu Action va Bildung & Beruf hamkorligida Work and Travel dasturi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Uchrashuv davomida 2026-yil may oyidan boshlab talabalar uchun Germaniyada ishlash, tajriba orttirish va sayohat qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Tadbirda viza olish tartibi, ish joyi va maosh miqdori, yashash sharoit hamda Germaniyada ishlash tajribasi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.
Sana: 21-oktabr, soat 18:00
Manzil: Millat Umidi Universiteti, 1-qavat, Event Zone
