Eng iqtidorli musavvirlar aniqlandi
2025-09-29 11:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlov “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilib, mahalla yoshlari uchun o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatini keng auditoriyaga namoyish etish imkonini yaratdi. Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida yil davomida turli yo‘nalishlarda tanlov va musobaqalar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Bu jarayon yoshlarning faolligini oshirish, ularda san’at, sport va boshqa sohalarga qiziqishni kuchaytirish, hamda yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Yosh musavvir” tanlovining final bosqichi Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi va unda 28 nafar iste’dodli yosh ishtirok etdi. Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘z ijodiy qarashlari, badiiy yondashuvlari va rangtasvir mahoratlari bilan barchani hayratda qoldirishdi.
G‘oliblar bilan tanishing:
12–17 yosh toifasi:
1-o‘rin — Mamatova Shalola Jahongir qizi (Jizzax)
2-o‘rin — Ashurbekova Aziza Ilxomjon qizi (Samarqand)
3-o‘rin — O‘lmasova Roxilaxon Isroiljon qizi (Andijon)
18–30 yosh toifasi:
1-o‘rin — Mamadiyorov Farrux Abduxamid o‘g‘li (Sirdaryo)
2-o‘rin — Cho‘liyev Rustambek Rahmatullo o‘g‘li (Navoiy)
3-o‘rin — Xusenova Fotima Ergashovna (Samarqand)
G‘oliblar quyidagicha taqdirlandi: 1-o‘rin 20 mln so‘m, 2-o‘rin 15 mln so‘m, 3-o‘rin 10 mln so‘m, qolgan ishtirokchilarga esa 5 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.
Ushbu tanlov natijalari yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, yurtimizda san’atga qiziqadigan, ijodiy tafakkurini rivojlantirayotgan va kelajakda o‘z ijodi bilan Vatanimiz nomini yuksaltirishga qodir yoshlar ko‘plab yetishib chiqmoqda.









