“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovi
2025-09-29 11:00:00 / Yangiliklar

“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovida ishtirok etishni istaysizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–27-son Farmonining 219-bandiga asosan, Vazirlar mahkamasining 608-soni qarori bo‘yicha har yili mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida ushbu tanlov o‘tkazilishi belgilangan.
Ishtirokchilar uchun talablar:
-
Kamida bitta mahallada 6 oy davomida faoliyat yuritgan bo‘lishi
-
Amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi
Tanlov 10 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi:
-
“Yoshlar balansi” tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali yetakchi
-
“Yoshlar daftari” tizimi bilan samarali ish tashkil etgan eng namunali yetakchi
-
Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etgan eng namunali yetakchi
-
Alohida e’tiborga muhtoj yoshlar bilan ishlagan eng namunali yetakchi
-
Yoshlar tadbirkorligi va bandlikka ko‘maklashgan eng namunali yetakchi
-
Migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan ishlagan eng namunali yetakchi
-
Huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan tizimli ishlagan eng namunali yetakchi
-
Iqtidorli va intellektual yoshlar bilan ishlagan eng namunali yetakchi
-
Kasb-hunar tanlovlarini yuqori saviyada tashkil etgan eng namunali yetakchi
-
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etgan va sport musobaqalarini o‘tkazgan eng namunali yetakchi
Tanlov bosqichlari:
-
Tuman (shahar) bosqichi – oktyabr oyida
-
Hududiy bosqich – noyabr oyida
-
Respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi o‘n kunligida
Ishtirokchilar tanlovda qatnashish uchun 5-oktabrga qadar quyidagi havola orqali elektron ariza topshirish zarur.
Tanlov g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
-
Kadrlar zaxirasiga kiritish va yuqori lavozimga tavsiya etilish;
-
Xorijiy ta’lim muassasalarida malaka oshirish imkoniyati;
-
Davlat mukofotlariga tavsiya etilish.
O‘z imkoniyatingizni boy bermang – tanlovda ishtirok eting!


