Germaniyada bepul o‘qib, karyera qurishni xohlaysizmi?
2025-09-26 20:20:00 / Yangiliklar

Endi bu orzuning yo‘li ochiq! “Ausbildung” dasturi orqali avval O‘zbekistonda nemis tilini B1 darajasigacha o‘rganasiz, keyin esa Germaniyada haq to‘lanadigan amaliyot va stipendiya bilan o‘qishni davom ettirishingiz mumkin.
Dastur bo‘yicha qaysi yo‘nalishda ishtirok etish mumkin? Diqqat bilan o‘qing!
1. Toshkent shahri
Texnikum: Toshkent transport texnikumi
Yo‘nalish: Logistika — 150 ta o‘rin (grant)
2. Buxoro
Texnikum: Transport va qurilish texnologiyalari texnikumi
Yo‘nalishlar:
• Logistika — 140 ta o‘rin (grant)
• Qurilish texnologiyalari 40 ta o‘rin (grant)
3. Samarqand
2-sonli Politeхnikum: Logistika — 70 ta o‘rin (grant)
3-sonli Politeхnikum: Logistika — 130 ta o‘rin (grant)
• Qurilish texnologiyalari — 30 ta o‘rin (grant)
• Metallar texnologiyasi — 6 ta o‘rin (grant)
4. Marg‘ilon
Texnikum: Qurilish va kommunal xo‘jalik texnikumi
Yo‘nalishlar:
• Qurilish texnologiyalari — 57 ta o‘rin (grant)
• Elektrotexnika — 8 ta o‘rin (grant)
• Logistika — 9 ta o‘rin (grant)
5. Urganch shahri
Texnikum: Qurilish va kommunal xo‘jalik texnikumi
Yo‘nalishlar:
• Qurilish texnologiyalari — 54 ta o‘rin (grant)
• Elektrotexnika — 18 ta o‘rin (grant)
• Logistika — 87 ta o‘rin (grant)
my.edu.uz saytiga o‘ting va arizani topshiring!
