Yoshlar Ventures ilk investitsiyasini amalga oshirdi!
2025-09-11 19:00:00 / Yangiliklar
“Yoshlar Ventures” jamg‘armasi Tilmoch AI startapiga 50 ming dollar miqdorida sarmoya kiritdi.

Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi Tilmoch AI startapiga 50 ming dollar miqdorida sarmoya kiritdi.
Tilmoch AI — o‘zbek va boshqa turkiy tillar uchun sun’iy intellekt asosida ishlovchi tarjima va grammatika tekshirish platformasi.
Platforma 7 tilda neyron tarjima, imlo nazorati hamda bizneslar uchun API xizmatlarini taqdim etadi. Bugungi kunda 130 mingdan ortiq foydalanuvchi va 50 dan ziyod korxona undan faol foydalanmoqda.
Shuningdek, ushbu startapga Aloqa Ventures va IT Park Ventures tomonidan ham investitsiya kiritildi.
Agar sizda ham startap g‘oyalar bo‘lsa va ularni rivojlantirishni istasangiz — Yoshlar Ventures sizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor!
