“Men radikalizmga qarshiman!”
2025-08-05 17:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar o‘rtasida radikal g‘oyalarga qarshi kurashishni targ‘ib qiluvchi ommabop loyiha – “Men radikalizmga qarshiman!” tanlovi start berildi! Unda O‘zbekiston Respublikasining 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Loyiha maqsadi:
Yurtimizda ekstremizm va radikalizm g‘oyalarining oldini olish, yoshlarni buzg‘unchi va yot qarashlardan asrash, diniy qadriyatlarni himoya qilish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Tanlov yo‘nalishlari:
1. Insho yo‘nalishi (14–18 yoshlar uchun)
2. Video rolik yo‘nalishi (19–30 yoshlar uchun)
Taqdim etiladigan insholar va videoroliklar radikalizm g‘oyalariga qarshi mavzularda tayyorlanishi lozim.
Tanlovning har ikki yo‘nalishi ham 5-avgust kuni @antiradikalbot Telegram botida start oladi va 5-oktabrga qadar davom etadi. Ishtirokchilar botda so‘ralgan savollarga javob berib, o‘zlarining ijodiy ishlarini o‘zbek, rus hamda qoraqalpoq tilida (pdf, mp4, avi) shaklda jo‘natadilar. Qaysi tilda tayyorlash ishtirokchilarning tanloviga bog‘liq
Plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi! Mualliflik huquqlari saqlanishi lozim.
Taqdim etilgan ijodiy ishlar malakali ekspertlar tomonidan baholanadi. Bir xil ijodiy ishlar 2 ta ishtirokchi tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, ekspertlar guruhi tomonidan ikkala ishtirokchi ham tanlovdan chetlashtiriladi va ularning natijasi inobatga olinmaydi.
Tanlov yakunida har ikki yo‘nalishda eng yuqori natija ko‘rsatgan 6 nafar (I yo‘nalishda 1, 2, 3-o‘rin, II yo‘nalishda 1, 2, 3-o‘rin) ishtirokchilar Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar va Qonun ijtimoiy tarmoqlari orqali e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari Yoshlar ishlari agentligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
