Ibrat haftaligida super 7 kun
2025-07-10 17:45:00 / Yangiliklar

“Ibrat farzandlari” loyihasidan super yangilik! Endi siz Ibrat haftaligi doirasida 7 kun davomida turli sohalarda katta yutuqlarga erishgan, tajribali soha vakillari bilan jonli suhbatlarda ishtirok etishingiz mumkin!
Spikerlar bilan tanishing:
• Xushnudbek Xudoyberdiyev – huquqshunos;
• Shoxrux Olimov – IELTS 8.5 va CELTA sohibi, bloger;
• Otabek Mahkamov – huquqshunos, bloger va jurnalist;
• Alisher Sa’dullayev – Yoshlar ishlari agentligi direktori;
• Rustam Qoriyev – “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari;
• Shohida Ibragimova – moliyachi;
• Aziz Rahimov – “Rahimov school” asoschisi.
Bu hali hammasi emas, siz loyihada “Eng faol targ‘ibotchi” sifatida 6 million so‘mgacha pul mukofotlari, yuzlab sovg‘alar, premium til kurslari va qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Ha aytgancha, loyihada qatnashish – mutlaqo BEPUL
