Yozgi ta’til – mehnatga birinchi qadam!
2025-06-20 11:00:00 / Yangiliklar

“Mehnatga birinchi qadam” volontyorlik dasturi Farg‘ona viloyatining Furqat va Rishton tumanlarida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Dastur doirasida o‘nlab yoshlarimiz mohir hunarmandlar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, o‘z ko‘zlari bilan ish jarayonini kuzatdi va bevosita ustozlardan kasb sir-asrorlarini o‘rganishga kirishdi.
Rishtonda – “Mingboshi keramik” va “Alisher Nazirov kulolchilik maktabi”da 20 nafar yosh kulolchilik bilan shug‘ullanishni boshladi.
Furqatda – “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida 20 nafar yosh duradgorlik sirlari bilan tanishmoqda.
Har ikki holatda ham ustoz-shogird an’anasi asosida yoshlar mehnat maydoniga ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Bu tashabbus ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lini tanlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.



